Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi

Sport 12:30 / 06.11.2017 23092

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan «Las-Palmas»ga qarshi uchrashuvda (3:0) golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu orqali hujumchi madridliklar tarkibida 84 golli uzatmani amalga oshirdi va bu borada klub afsonasi bo‘lgan Raulni (83ta golli uzatma) ortda qoldirib ketdi.

Natijada Ronaldu bu borada so‘nggi 25 yildagi klubning eng yaxshi assistentiga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: