La Liga. "Barselona" "Sevilya"ni yengib, "Real"dan 11 ochko o‘tib ketdi

Sport 02:45 / 05.11.2017 13707

Ispaniya chempionatining 11-turi markaziy o‘yinida "Barselona"  o‘y maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. 

Qiziqarli kechgan bahs 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Kataloniyaliklar tarkibida Pako Alkaser dubl qayd etgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goliga Pisarro mualliflik qildi. 

Ushbu natijadan keyin "Barselona" 31 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Valensiya"da 27 ochko bor. 

Barselona – Sevilya 2:1
Gollar: 1:0 – 23 Pako Alkaser, 1:1 – 59 Pisarro, 2:1 – 65 Pako Alkaser.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Maskerano, 90), Buskets, Inesta (Paulino, 60), Pako Alkaser (Deulofeu, 66), Messi, Suares.
Sevilya – Soriya, Ker (Gays, 73), Eskudero, Korshya, Langle, Pisarro, Nzonzi, Navas, Banega, Sarabiya (Nolito, 62), Muriel (Ben-Yyedder, 76).

Alaves – Espanol 1:0
Gol: 1:0 – 1 Santos.
Alaves – Pacheko, Ruano, Maripan, Eli, Diyeges, Manu Garsiya, Pina (Medran, 67), Mubarak (Torres, 90), Pedrasa, Santos (Krkich, 82), Munir.
Espanol – Lopes, Lopes Silva, Ermoso, Karikol, Xurado (Melendo, 73), Sanches (Naldo, 46), Darder, Xavi Fuego, Pyatti (Garsiya, 82), Baptistao, Moreno.
Ogohlantirishlar: Diyeges (15), Ermoso (21), Pedrasa (26), Pina (51), Eli (58), Medran (74), Manu Garsiya (77), Santos (79).
Chetlatish: Ermoso (39).

Ko‘proq yangiliklar: