Microsoft Tramp ma'muriyatini sudga berdi

Jahon 09:47 / 04.11.2017 9840

Microsoft kompaniyasi Prinston Universiteti bilan birgalikda DACA dasturining yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun prezident Donald Tramp ma'muriyatini sudga berdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Dastur AQShga bolaligida kelgan 700 mingdan ziyod noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish muddatini kechiktirdi.

Da'voda aytilishicha, dasturni bekor qilish noqonuniy va konstitutsiyaga xilof hisoblanadi.

Prezident Donald Tramp ushbu dasturni tugatish haqida sentabr oyida ma'lum qildi, chunki bu uning saylovoldi kampaniya vaqtidagi va'dalaridan biri edi.

Ko‘proq yangiliklar: