Poroshenko: Ukraina raketa kuchlari Donbassga qaytishga tayyor turishi kerak

Jahon 17:00 / 03.11.2017 8392

Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, raketa qo‘shinlari va artilleriya Donbassdagi belgilangan chegara chizig‘iga zarur bo‘lgan taqdirda qaytish uchun tayyor holatda turishi kerak.

Poroshenko bu haqda Kiyev viloyatidagi harbiy qismga tashrifi davomida aytib o‘tdi.

«Bugun biz mahorat, tezkorlik bilan javob qaytarish hamda harakatlanish, artilleriya va raketa tizimlarini joylashtirish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarimizni yanada kuchaytirishimiz lozim. Sizlarni belgilangan chegara chizig‘idan uzoqlashtirishdi, biroq u yerga istalgan paytda qaytish hamda mudofaa nuqtai nazaridan lozim bo‘lsa, jangga kirishga tayyor turishingiz kerak», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Ma'lumot uchun, Ukraina 3 noyabrda Raketa qo‘shinlari va artilleriya kunini nishonlaydi.

 

Ko‘proq yangiliklar: