Messi «Barselona» tomonidan taqdirlandi

Sport 21:25 / 02.11.2017 17422

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klubning 2016/17 mavsumidagi eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni oldi.

Argentinalik faoliyatida 5-marta Aldo Rovira (kataloniyaliklar sobiq direktori Xosep Roviraning 2009 yili avtohalokatda nobud bo‘lgan o‘g‘li) nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. 

Ta'kidlash joizki, Messidan tashqari, bu sovringa Erik Abidal (2010/11), Xaver Maskerano (2013/14) va Luis Suares (2015/16) ham egalik qilgan.

O‘tgan mavsumda Messi barcha musobaqalarda 52 o‘yinda maydonga tushib, 54ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: