Hindistondagi IESda yuz bergan portlash qurbonlari soni ortmoqda

Jahon 12:10 / 02.11.2017 7618

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida joylashgan issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi. Bu haqda ANI agentligi shtat Ichki ishlar vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Avvalroq, portlash oqibatida 10 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumgani xabar qilingandi.

Voqea Unchaxar shahrida NTPC kompaniyasiga qarashli IESda yuz bergan. Unchaxardagi IES 1988 yilda foydalanishga topshirilgan, hozirda u quvvati 210 megavatt bo‘lgan beshta blokdan iborat, biroq oltinchi, eng kuchli blokni (500 megavatt) ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda hamda aynan unda favqulodda vaziyat yuz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: