AQSh Qatar 1,1 mlrd dollarlik harbiy shartnoma imzoladi

Jahon 09:45 / 02.11.2017 5975

AQSh Qatar bilan ko‘pmaqsadli F-15QA qiruvchi-bombardimonchi samolyotlariga xizmat ko‘rsatish dasturi bo‘yicha 1,1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Amerika mudofaa vazirligi tuzilmasiga kiruvchi maxsus bo‘lim xabar qilmoqda. U hukumatlararo shartnomalar doirasida xorijiy davlatlarga harbiy texnika va qurol-yaog‘lar yetkazib berish, AQSh va boshqa davlatlar qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilish, Vashingtonning mudofaa sohasidagi xorijiy hamkorlariga moliyaviy va texnik ko‘mak berish ishlari bilan shug‘ullanadi. 

Foto: F-15QA

Pentagon tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, shartnoma Qatarda F-15QA uchun bino va inshootlar qurish, jumladan shu kabi harbiy samolyotlar uchun mustahkamlangan boshpanalar barpo qilish, o‘q-dorilar uchun omborxonalar, yo‘laklar, ustaxonalar, o‘quv-mashg‘ulot majmualari va boshqalar nazarda tutilgan. Bundan tashqari, gap dasturni kompyuter texnikasi bilan qo‘llab-quvvatlash haqida ham bormoqda. Shartnoma, shuningdek, Doxada AQSh hukumatining 10 xodimini joylashtirishni va Qatarga pudratchi firmalarning 15-50 nafar xodimini yuborishni nazarda tutadi. 

Vashington va Doxa o‘rtasidagi shu kabi shartomani ijro etish uchun ruxsatni qonunchilikka binoan Davlat departamenti taqdim etadi. Amerika ma'muriyati AQSh Kongressini shunday  qaror qabul qilinganidan xabardor etgan.

Ko‘proq yangiliklar: