Ukraina BMTga Qrim bo‘yicha rezolyutsiyani kiritdi

Jahon 10:50 / 01.11.2017 8724

Ukraina delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasining Uchinchi qo‘mitasi kotibiyatiga Qrimdagi inson huquqlari bo‘yicha yangi qaror loyihasini taqdim etdi. Bu haqda «Ukrinform» Ukrainaning butunjahon tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi matbuot kotibi Oleg Nikolenkoga tayangan holda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rezolyutsiyada Rossiya tomonidan «Qrim tatar xalqi majlisi» tashkilotining taqiqini bekor qilish talab qilinadi, shuningdek, ukrain va qrim tatarlari tillarida ta'lim berish zarurligi ta'kidlanadi. Qayd etilishicha, xalqaro tashkilotlarga Qrimga kirishga yo‘l ochib berish lozim.

Diplomatning xabar berishicha, Uchinchi qo‘mitada rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish noyabr oyining o‘rtalarida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, dekabr oyida hujjat Bosh Assambleyaga umumiy ovoz berish uchun kiritilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: