«MYu» maksimal natijasini davom ettirdi, TsSKA Shveytsariyada qahramonlik ko‘rsatdi

Sport 08:40 / 01.11.2017 11539

Chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-turida «Manchester Yunayted» «Old Trafford»da «Benfika»ni qabul qildi va oson g‘alabaga erishdi. 

45-daqiqada mehmonlar jamoasi darvozaboni Mile Svilar to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi, u bungacha Antoni Marsiyal tomonidan ijro etilgan penaltini qaytargandi, 78-daqiqada maydon egalari yana bir marta 11-metrlik zarbani ijro etish huquqiga ega bo‘lishdi va bu safar Deyli Blind aniq harakat qildi 2:0.

Shu tariqa, Joze Mourino jamoasi 4 turdan keyin 100 foizlik natija ko‘rsatib, 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Lekin jamoa guruhdan chiqish masalasini hali hal qilmadi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida TsSKA «Bazel» maydonida irodali g‘alabaga erishdi - 2:1.

O‘yinning 32-daqiqasida Luka Zuffining aniq zarbasidan keyin maydon egalari hisobda oldinga chiqishgandi. Ammo moskvaliklar klubi iroda ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga chiqqan Alan Dzagoyev 65-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 79-daqiqada esa Pontus Vernblum mehmonlarga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Shu tariqa, «armiyachilar» ochkolari sonini 6taga yetkazdi va pley-offga chiqish uchun imkoniyat saqlab qoldi.

TsSKA shveysarlar jamoasi bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Jamoalarning Moskvada kechgan o‘yinida «Bazel» g‘alabaga erishgandi – 2:0.

TsSKA darvozaboni Igor Akinfeyev esa Chempionlar ligasida qatorasiga 43-o‘yinda ham gol o‘tkazib yubordi va turnir antirekordini yangilashda davom etdi.

A guruhida 4-turdan keyingi vaziyat: 1. «Manchester Yunayted» — 12 ochko; 2. «Bazel» — 6; 3. TsSKA — 6; 4. «Benfika» — 0.

Yevropa Chempionlar ligasi
4-tur
Manchester Yunayted – Benfika 2:0
(1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45, avtogol Svilar, 2:0 – 78, penalti Blind.
Manchester Yunayted – De Xea, Darmian, Bayi, Smolling, Blind, Maktomini, Matich, Mata (Errera, 68), Lingard (Mxitaryan, 46), Marsyal (Reshford, 75), Lukaku.
Benfika – Svilar, Duglas Pereyra, Diash, Jardel, Grimaldo (Elizeu, 64), Pitstsi (Jonas, 79), Samaris, Feysa, Salvio, Ximenes (Seferovich, 74), Diogu Gonsalvesh.
Ogohlantirishlar: Diash (6), Bayi (24), Lingard (24), Salvio (69), Samaris (77).

Bazel – TsSKA 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 32 Dzuffi, 1:1 – 65 Dzagoyev, 1:2 – 79 Vernblum.
Bazel – Vatslik, Akandji, Suxi, Alvares, Lang, Chaka (Die, 73), Dzuffi, Petretta (Itten, 84), Shteffen, Oberlen (Ayyeti, 72), Elyunussi.
TsSKA –    Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy, Berezutskiy, Vernblum, Fernandes, SHCHennikov, Natxo (Jamaletdinov, 90), Golovin, Kuchayev (Milanov, 90), Vitino (Dzagoyev, 46).
Ogohlantirishlar: Natxo (49), Chaka (60), Alvares (75), Fernandes (84).

Ko‘proq yangiliklar: