Hindiston va Nepal o‘z hududlaridagi yo‘lbarslarni birgalikda hisoblab chiqadi

Jahon 19:30 / 01.11.2017 4301

Hindiston va Nepal ikki davlat chegarasi bo‘ylab migratsiya qilib yuruvchi bengal yo‘lbarslarini tarixda birinchi marta birgalikda ro‘yxatga oladilar.

Bu haqda 1 noyabrda Nepalning milliy bog‘lar departamenti bosh direktori Man Bahodur Xadka ma'lum qildi. 

"Noyabrning ikkinchi haftasidan Nepal va Hindiston o‘z milliy bog‘lari, o‘rmonlari va umumiy chegaraning ikki tomonidagi qo‘riqlanuvchi hududlardagi yo‘lbarslarni butun dunyoda tan olingan usul bilan ro‘yxatga oladi", deb ma'lum qilgan Xadka Nepal TV televideniyesi orqali.  

Buning uchun ikki davlatning tabiatni muhofaza qilish idoralari va mutaxassislari yo‘lbarslar yashaydigan turli joylar va bufer hududlarda ularning harakatlanishini qayd qilish uchun kameralar o‘rnatishgan. "Bu metodni qo‘llab aynan bir yo‘lbarsni bir necha marta hisoblashdan qochiladi va ularning bu hududdagi haqiqiy sonini olish mumkin bo‘ladi", deb aytgan mutaxassis. 

Nepal tomondan yo‘lbarslar oxirgi marta 2013 yilda ro‘yxatga olingan. O‘shanda olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bu davlatda 200 ga yaqin katta yoshli yo‘lbars bor. Hindiston ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2226 ta yo‘lbars mavjud. Biroq ekologlar joriy hisob-kitoblar yo‘lbarslarning kamroqligini ko‘rsatishi mumkinligini aytmoqdalar.

2010 yil noyabrda Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan, sayyoramizdagi yo‘lbarslarni saqlab qolish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro forumda Nepal 2022 yilgacha o‘z hududidagi yo‘lbarslar sonini 250 tagacha, Hindiston esa ikki martaga ko‘paytirishga va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: