«Barsa» Gretsiyada durang o‘ynadi, «Yuve» «Sporting»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Sport 07:40 / 01.11.2017 10092

«Sporting» va «Yuventus» Chempionlar ligasi finalining 4-turida o‘zaro o‘ynadi. Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida kechgan uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi - 1:1.

O‘yinning 20-daqiqasida Bruno Sezar portugallarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida turinliklar mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi — 79-daqiqada Gonsalo Iguain hisobni tenglashtiruvchi golni urdi.

D guruhidagi ikkinchi uchrashuvda «Barselona» «Olimpiakos»ni yenga olmadi — 0:0.

D guruhida 4 turdan keyin quyidagi vaziyat yuzaga kelgan: 1. «Barselona» — 10 ochko; 2. «Yuventus» — 7; 3. «Sporting» — 4; 4. «Olimpiakos» — 1.

Yevropa Chempionlar ligasi
4-tur
Olimpiakos – Barselona 0:0
(0:0, 0:0)
Olimpiakos – Proto, Elabdellaui, Botia, Engels, Kutris, Taxtsidis, Figeyrash, Odjidja-Ofoe (Jiye, 75), Romao, Karsela-Gonsales (Pardo, 79), Fortunis (Djurdjyevich, 84).
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Maskerano, Umtiti, Alba, Serdji Roberto (Deulofeu, 45), Paulino (Rakitich, 62), Buskets, Denis Suares (Andre Gomesh, 75), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Taxtsidis (36), Serdji Roberto (42), Engels (58), Andre Gomesh (77), Figeyrash (88).

Sporting – Yuventus  1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 20 Bruno Sezar, 1:1 – 79 Iguain.
Sporting – Ruy Patrisiu, Ristovski (Petrovich, 90), Koates, Ande Pintu, Silva, Bruno Sezar (Palinya, 64), Battalya, Jyelson Martinsh, Fernandesh, Akunya, Dost (Dumbiya, 81).
Yuventus – Buffon, De Shilo (Duglas Kosta, 65), Bardzali, Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira (Matyuidi, 70), Kuadrado, Dibala (Bernardeski, 83), Mandjukich, Iguain.
Ogohlantirishlar: Mandjukich (26), Dost (67), Akunya (78), Koates (79), Kuadrado (89).

Ko‘proq yangiliklar: