Alisher Sultonov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston 15:30 / 01.11.2017 64167

«O‘zbekneftgaz» milliy holding kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. KUN.UZ manbasi ma'lumot berishicha, O‘zbekiston Prezidentining Sultonovni bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmoni imzolangan. Bugun bosh vazir Abdulla Aripov uni o‘z o‘rinbosari sifatida tanishtirgan.  

Alisher Sultonov «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimini ham saqlab qolgan. U bu lavozimda 2015 yil yozidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov Shukurullo Boboyev o‘rniga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. 

Alisher Sultonov 1967 yil 29 noyabr kuni tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish bo‘limi texnologligidan boshlagan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: