Nazarboyev qurol savdosi to‘g‘risidagi Nyu-York kelishuvini ma'qulladi

Jahon 16:52 / 31.10.2017 5323

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev qurol savdosi to‘g‘risidagi Kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

"Davlat rahbari tomonidan Qozog‘iston Respublikasining “Qurol savdosi to‘g‘risidagi Kelishuvni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun imzolandi", - deyiladi xabarda.

Qozog‘iston OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Kelishuv quyidagi toifalar doirasida oddiy qurol-yarog‘larning barcha turlariga qo‘llaniladi: jangovar tanklar, jangovar zirhli mashinalar, katta kalibrdagi artilleriya tizimlari, jangovar samolyotlar va vertolyotlar, jangovar kemalar, raketalar va raketalarni uchirish qurilmalari, o‘q otar qurol va yengil qurol-yarog‘lar.

Kelishuvga muvofiq har bir ishtirokchi davlat milliy nazorat tizimini tashkil qiladi hamda undan foydalanadi, shuningdek, ma'lumot almashish bo‘yicha milliy bog‘lanish markazini belgilaydi.

Ko‘proq yangiliklar: