Koreya Markaziy banki bitkoinga ta'rif berdi: u - pul emas

Iqtisodiyot 14:56 / 31.10.2017 11747

Janubiy Koreya Markaziy banki bitkoin borasida yakuniy qarorga keldi. Bank raisi Li Ju-Yolning e'lon qilishicha, bitkoin (Bitcoin) bank tomonidan valyuta emas, balki mahsulot sifatida baholanadi. Bunda, uning qayd etishicha, muvofiqlashtirish jarayonining o‘zi yaqin orada boshlanmaydi. Li Ju-Yol Koreya banki rahbariyatining Milliy majlisga hisobotida shu haqda ma'lum qilgan. 

«Virtual pullarni valyuta deb baholash qiyin, chunki ular Xalqaro hisob-kitoblar bankining valyutaga doir tushunchasiga mos kelmaydi. Ularni mahsulot sifatida baholash mantiqiy bo‘ladi. Virtual valyutalar haqiqiy valyutalar sifatida boshqarilishi mumkin emas», — degan Koreya banki rahbari. 

Ko‘proq yangiliklar: