Kobuldagi diplomatik kvartalda portlash, 13 kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:50 / 31.10.2017 6248

Afg‘oniston poytaxti Kobulning Vazir-Akbar-Xon diplomatik kvartalida portlash yuz berdi, buning oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 13 inson jarohatlandi.

Bu haqda TOLOnews Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Xudkush terrorchi Avstraliya elchixonasi yonida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Hodisadan so‘ng Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tumanni o‘rab olishdi.

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati davlat xizmatchilari.

Ko‘proq yangiliklar: