Ronaldu – Top-5 ligalar ichida eng yomon hujumchi

Sport 18:19 / 30.10.2017 14460

Krishtianu Ronaldu Primerada atigi bitta gol urdi. Mavsum boshida, Ispaniya superkubogi bahsida hakamni turtib yuborgan portugaliyalik bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi. Uning muddatini o‘tab bo‘lgach, futbolchi jismoniy holatini haligacha tiklab ololmayapti. «Jirona»ga (1:2) qarshi o‘yinda esa buni yana bir bor isbotladi.

WhoScored hisob-kitobiga ko‘ra, futbolchi har bir o‘yinda darvoza tomon o‘rtacha 7ta zarba yo‘llamoqda. O‘tkazilgan 6ta o‘yinda esa darvozani bir marta ishg‘ol etgan. Ya'ni, uning 2,5% zarbasi mo‘ljalga aniq yetib borgan. Bu top-5 ligalar ichidagi hujumchilar orasida eng yomon ko‘rsatkichdir.

Ko‘proq yangiliklar: