Qozog‘istonda 70 yoshli haydovchi sabab o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekiston 10:59 / 30.10.2017 18811

Qozog‘istonning Atirau shahrida yakshanba kuni kechqurun yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, uning natijasida O‘zbekistonning 56 yoshli fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Kazinfom».

«O‘lim bilan yakun topgan YTH Atirau-Dossor trassasida, «Konteynerniy» shahar kichik tumani yaqinida yuz bergan. Piyodani 70 yoshli haydovchi urib ketgan, u Geolog posyolkasida yashaydi hamda «Gazel» mashinasini boshqargan.

Ayni damda qator ekspertizalar belgilandi, sudga qadar tergov ishlari boshlandi», - deya xabar berishgan Atirau viloyati Ichki ishlar departamenti axborot xizmatidan.

Ko‘proq yangiliklar: