Barselonada 300 ming kishi Kataloniya mustaqilligiga qarshi namoyishga chiqdi

Jahon 00:53 / 30.10.2017 11180

29 oktabrda Barselonada Ispaniya yaxlitligini saqlab qolish tarafdorlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda 300 mingga yaqin odam ishtirok etgan, deb politsiyaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi El Pais nashri.

Namoyish tashkilotchilari esa ishtirokchilar sonini 1,1 mln kishiga baholagan.

27 oktabrda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniya parlamentini tarqatib yuborishga qaror qildi. Muxtoriyat 21 dekabrga o‘tkazilishi belgilangan muddatdan avval saylovlargacha Ispaniya bosh vaziri o‘rinbosari Soraya Saens de Santamariya tomondan boshqarib turiladi.

Muxtoriyat rahbari Karles Puchdemon Ispaniya hukumati qarorini tan olishdan bosh tortdi va aholini Kataloniya mustaqilligini "tinch yo‘l" bilan himoya qilishga chaqirdi.

Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS

 

Ko‘proq yangiliklar: