«Borussiya» 6 gol urilgan o‘yinda debyutantga yutqazdi va boshqa natijalar (turnir jadvali)

Sport 09:30 / 29.10.2017 6119

Dortmundning «Borussiya» klubi Bundesliganing 10-turida «Hannover»ga yutqazdi. Hannoverdagi «HDI-Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Hannover» safida birinchi bo‘limda Ixlas Bebu va Jonatas bittadan gol va bittadan golli pas muallifi bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda Bebu dubl qayd etdi, yana bir gol Feliks Klaus tomonidan urildi. «Borussiya» safida ukrainalik forvard Andrey Yarmolenko himoyachi Dan-Aksel Zagadu gol urdi, Zagadu ikkinchi bo‘limda o‘yindan chetlatildi.

Shu kuni «Bavariya» «RB Leyptsig»ni qabul qildi va raqib o‘yin boshidayoq bir kishi kam bo‘lib qolishi evaziga osonlik bilan g‘alaba qozondi (2:0).

Bu natijalardan keyin myunxenliklar jamoasi turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi (23 ochko), Dortmund jamoasi ikkinchi o‘ringa tushdi (20). Leyptsigliklar esa 19 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda qolmoqda. 

Joriy mavsumda  Bundesligaga qaytgan «Hannover» esa kuchli to‘rtlikni yakunlab turibdi (18 ochko).

Turning boshqa uchrashuvlarida «Hoffenhaym» Myonxengladbaxning «Borussiya»siga yutqazdi (1:3), «Bayyer» «Kyoln»dan kuchliroq chiqdi (2:1), «Shalke» «Volfsburg» bilan durang o‘ynadi (1:1), «Herta» esa «Hamburg»ni mag‘lub etdi (2:1).

Germaniya chempionati
10-tur
Hannover 96 – Borussiya D 4:2 
(2:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 20, penalti Jonatas, 1:1 – 27 Zagadu, 2:1 – 40 Bebu, 2:2 – 52 Yarmolenko, 3:2 – 60 Klaus, 4:2 – 86 Bebu.
Hannover 96 – Chauner, Zorg, Anton, Sane, Korb, Shvegler, Bakaloj, Ostjolek, Klaus (Harnik, 75), Bebu (Mayyer, 90), Jonatas (Fyullkrug, 80).
Borussiya D – Byurki, Bartra, Papastatopulos, Zagadu, Shmeltser, Gettse, Shaxin (Gerreyru, 66), Kastro (Kagava, 46), Yarmolenko (Shyurrle, 74), Obameyang, Pulishich.
Ogohlantirishlar: Jonatas (67), Chauner (80).
Chetlatish: Zagadu (59).

Bayyer – Kyoln 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 23 Girassi, 1:1 – 54 Beyli, 2:1 – 73 Bender.
Bayyer – Leno, Retsos (Xenrixs, 46), Ta, Bender, Vendell, Beyli (Kor, 90), Baumgartlinger, Arangis, Brandt, Xavertts (Alario, 46), Folland.
Keln – Xorn, Sorensen, Marox (Klyunter, 46), Xaynts, Xorn, Osako (Xandverker, 64), Lemann (Yoyich, 77), Ozdjan, Bitenkur, Tsoller, Girassi.
Ogohlantirishlar: Tsoller (38), Baumgartlinger (45), Vendell (59), Bitenkur (77), Alario (90).
 
Shalke-04 – Volfsburg 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43, penalti Bentaleb, 1:1 – 90 Origi.
Shalke-04 – Fermann, Stambuli, Naldo, Kerer, Mayyer, Kalidjuri, Ochipka, Xarit (Konoplyanka, 83), Bentaleb (Makkenni, 77), Di Santo (Reze, 75), Burgshtaller.
Volfsburg – Kastels, Verxag, Uduoxay, Bruks, Tisseran (Didavi, 66), Blashchikovski (Dimata, 82), Gilavogi (Origi, 77), Arnold, Gerxardt, Malli, Gomes.
Ogohlantirishlar: Naldo (12), Gilavogi (42), Arnold (44), Kalidjuri (45), Xarit (79), Malli (81), Burgshtaller (89).

Hoffenhaym-1899 – Borussiya M 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 25 Demirbay, 1:1 – 61 Azar, 1:2 – 79 Ginter, 1:3 – 82 Vestergor.
Hoffenhaym-1899 – Baumann, Akpoguma, Fogt, Posh (Oks, 82), Gayger, Kaderjabek (Rupp, 50), Shults, Demirbay, Amiri, Ut (Kramarich, 35), Vagner.
Borussiya M – Zommer, Yanchke (Djonson, 71), Elvedi, Vestergor, Vendt, Xofmann (Xerrmann, 15), Ginter, Zakariya, Grifo, Azar, Shtindl (Oksford, 89).
Ogohlantirishlar: Fogt (32), Ginter (45), Posh (65).

Herta – Hamburg 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 17 Shtark, 2:0 – 49 Rekik, 2:1 – 73 Arp.
Herta – Yarsteyn, Pekarik, Langkamp, Rekik, Plattenxardt, Shelbred, Shtark, Vayzer, Lazaro (Mayyer, 87), Kalu (Torunariga, 90), Ibishevich (Zelke, 73).
Hamburg – Mateniya, Mavray, Papadopulos, van Drongelen, Dikmayyer, Ekdal (Arp, 56), Sakai, Duglas Santos, Xan (Xunt, 67), Vud (Ito, 56), Kostich.
Ogohlantirishlar: Shtark (9), Kostich (30), Pekarik (52).

Bavariya – RB Leyptsig 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 19 Xames, 2:0 – 38 Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Kimmix (Rafinya, 84), Boateng, Xummels, Alaba, Martines, Rudi, Robben (Tolisso, 86), Alkantara, Xames, Levandovski (Vidal, 45).
RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Orban, Upamekano, Xalstenberg, Keyta, Demme, Zabittser (Bruma, 46), Forsberg (Laymer, 62), Poulsen, Verner (Konate, 22).
Ogohlantirishlar: Alkantara (82).
Chetlatish: Orban (13).

Ko‘proq yangiliklar: