Somali poytaxtidagi prezident saroyi yaqinida portlashlar sodir etildi

Jahon 21:34 / 28.10.2017 6278

28 oktabrda terrorchi-xudkush Somali poytaxti Mogadishodagi prezident saroyi yaqinida joylashgan mehmonxna oldida portlash sodir etdi. Bu haqda Somali politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, portlash  oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va 8 kishi yaralangan. Ta'kidlanishicha, birozdan keyin shu hududda yana bir portlash sodir etilgan.

Politsiya vakilining ma'lum qilishicha, mehmonxonada otishma ovozlari eshitilgan.

14 oktabrda Mogadishoning Xodan tumanidagi mehmonxona binosi yonida minalashtirilgan yuk avtomobili portlatilgan edi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt oqibatida 358 kishi halok bo‘lgan.  

Ko‘proq yangiliklar: