20 yoshli bokschi sparringdan keyin o‘lib qoldi

Sport 12:20 / 25.10.2017 26807

Filippinlik bokschi Jyeffri Klaro mashg‘ulot vaqtida sparringdan keyin olingan jarohat tufayli shifoxonada vafot etdi.

Rappler xabarida qayd etilishicha, Klaro xususiy klinikaga olib borilgan, u shu yerda komaga tushgan va qaytib ko‘zini ochmagan.

Bokschi 18 oktabr kuni 20 yoshga to‘lganini nishonlagandi. U faoliyati davomida 5 jang o‘tkazgan va bir g‘alaba qayd etib, 4 marta mag‘lub bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: