Ukraina Saakashviliga qochqin maqomini berishdan bosh tortdi

Jahon 18:55 / 24.10.2017 8491

Ukraina Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega, bu jarayonni amalga oshirish uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko seshanba kuni ma'lum qildi.

"Ukraina davlat migratsiya xizmati Saakashviliga qochqin maqomini berishdan bosh tortdi. Hozirda uni deportatsiya yoki ekstraditsiya qilishimiz mumkin. Hamda migratsiya xizmati bu haqda biladi", - deya aytib o‘tgan u brifingda.

Avvalroq Saakashvili Ukraina davlat migratsiya xizmati uning qo‘shimcha himoya – siyosiy boshpana taqdim etish bo‘yicha arizasiga hech qanday munosabat bildirmagani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: