Rossiya va Filippin qurol yetkazib berish bo‘yicha birinchi shartnomani imzoladi

Jahon 18:20 / 24.10.2017 5952

Rossiya va Filippin harbiy-texnik soha bo‘yicha birinchi shartnomani imzoladi. Unga ko‘ra, RPG-7V granata otuvchi qurollari va ularga zarur qismlar yetkazib beriladi.

Hujjatga "Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev hamda Filippin mudofaa vaziri Delfin Lorenzana RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu guvohligida imzo qo‘yishgan. Bu ASeAN davlatlari mudofaa vazirlarining Klarkda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishi doirasida ro‘y berdi.

Kelishuv detallari oshkor etilmayapti.

Filippin shu paytga qadar Bruney bilan birga, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Rossiya qurol-yarog‘ini xarid qilmagan yagona davlat bo‘lib qolayotgandi. Biroq hukumat tepasiga prezident Rodrigo Duterte kelgach, Manila Moskva bilan harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildira boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: