MAK samolyotlar parkini Airbus A320 laynerlari bilan to‘ldiradi

O‘zbekiston 09:42 / 23.10.2017 11045

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti ishtirokidagi yig‘ilish davomida  yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini to‘liq amalga oshirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarni bajarishda davom etmoqda, deya xabar beradi MAK axborot xizmati.

O‘tgan haftada ikkita xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ularning asosiy maqsadi - kompaniyaning havo flotini oshirish va parvozlar geografiyasini, shu jumladan, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish edi.

Qayd etilishicha, aviakompaniya samolyot parkini laynerlarni lizingga olish, xarid qilish yoki ijaraga olish yo‘li bilan kengaytirish ishlarini jadal olib bormoqda. Ushbu vazifani bajarish uchun MAK mutaxassislari o‘nta yirik xalqaro lizing kompaniyasidan tijorat takliflarini so‘rashdi. So‘rov maqsadi: Airbus A320 to‘rtta klassik modifikatsiyadagi samolyoti va Airbus A320 Neo’ni lizingga olish. Bu tor fyuzelajli yo‘lovchi samolyotlari versiyasining takomillashtirilishi. Yangilangan havo kemalari teng sig‘imga (o‘rtacha 150-200 o‘ringa) ega bo‘lgan holda, ancha tejamkor dvigatellar va fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli yonilg‘ini sezilarli darajada iqtisod qilish imkonini beradi.

Birinchi uchrashuv – lizing masalalari bo‘yicha – klassik Airbus A321’ni taklif etgan kompaniya bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida texnik jihatlar muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni lizing kompaniyasi vakillarini o‘z talablari bilan tanishtirdi va tijorat takliflari bo‘yicha fikrlarni bildirdi. Milliy kompaniya dalillari diqqat bilan tinglandi, xorijiy tomon olingan texnik masalalarni ishlab chiqish va yakuniy tijorat taklifini taqdim etishiga ishontirdi.

Yaqin kelajakda havo kemalarini lizingga beruvchi boshqa kompaniyalar bilan ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Zamonaviy tejamkor aerobuslar 2018 yilda, muzokaralar natijasida O‘zbekiston uchun eng yaxshi shartlarni taklif qiladiganlardan sotib olinadi.

O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlar geografiyasini kengaytirish va xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘lovchilar sonini ko‘paytirish masalalari Boeing kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha marketing direktori Ismoil Robban bilan uchrashuvda muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aviatashuvchining ko‘p yillik hamkori vakillari Uzbekistan Airways yo‘nalish tarmog‘ining rivojlanishi va 2030 yilgacha bo‘lgan davrda qaysi havo kemalar parki talab qilinishi yuzasidan o‘z qarashlarini bayon etishdi.

Ko‘proq yangiliklar: