2018 yilning martida Hindiston Oyga kosmik kemasini chiqaradi

Jahon 14:20 / 23.10.2017 4633

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) kelgusi yilning mart oyida "Chandrayan-2" kosmik kemasini Oyga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Vikram Sarabxai nomidagi Kosmik markaz (VSSC)da shu haqida xabar berildi. 

VSSC direktori K.Sivanning ma'lum qilishicha, ISRO dekabr oyidan sun'iy yo‘ldoshlar seriyasini ishga tushirish bilan shug‘ullanadi. Hindiston 31 avgustdan, ya'ni  ISRO IRNSS-1H sun'iy yo‘ldoshining  muvaffaqiyatsizligidan keyin buyon bunday ishlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Dekabrning ikkinchi yarmida Hindiston Cartosat-2 navigatsion yo‘ldoshini 30 nanoyo‘ldosh bilan bir vaqtda ishga tushirishni rejalashtirmoqda, undan keyin esa IRNSS — 1A'ni almashtirish bo‘yicha ikkinchi urinish amalga oshiriladi. 

"Bu ikki parvoz ham Shrixarikot (kosmodrom)ning birinchi maydonidan amalga oshiriladi, zero ikkinchi maydon uch GSLV raketasini ishga tushirish bilan band bo‘ladi", - deydi Sivan Times Of India'da.

ISRO mazkur missiya doirasida 2008 yilda Chandrayan ilk oy missiyasi doirasida foydalanilgan PSLV o‘rniga GSLV Mk-II raketa tashuvchisidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Yukning umumiy og‘irligi - orbital qurilma, qo‘nish moduli va oy roveri - 3250 kilogrammni tashkil qiladi. 

"Chandrayan-2" loyihasi Hindistonning oy dasturining davomi hisoblanadi. 2008 yilning oktabrida "Chandrayan-1" qurilmasi birinchi marta Oyga chiqarilgan. Bu qurilma oy orbitasida 312 kun ishlagan, shu bilan birga uning yuzasiga zarb zondini yo‘llagan. ISRO "Chandrayan-2" missiyasi doirasida oy yuzasining mineralogik va elementar tarkibini o‘rganishda davom etadi. Dastlab bu missiya qo‘nish moduli uchun javobgar Rossiya ishtirokida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgandi, biroq 2013 yilda barcha tarkibiy qismlar Hindistonning o‘ziga tegishli bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Shunday bo‘lsa-da, missiya baribir Rossiya ishtirokini chetlab o‘ta olmaydi. Noyob izotop kyuriy-244 dunyoda faqat ikki mamlakatla ishlab chiqariladi - Rossiya va AQSh. 

Ko‘proq yangiliklar: