Vazir: «Boshqalarga o‘qishga xalaqit qiladiganlar bo‘lsa, ular bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi»

O‘zbekiston 15:13 / 22.10.2017 36963

Joriy yilning 21 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 5-sinfga kirish imtihonini o‘tkazdi. Mazkur qabul imtihonlari Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning har tomonlama shaffof va sifatli bo‘lishiga katta urg‘u berilmoqda. Avval matematika fanidan imtihon o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 190 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Bugun, 22 oktabr kuni ular ingliz tili fanidan imtihon topshiradilar. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mazkur qabul jarayoniga quyidagi o‘z munosabatini bildirgan:

Foto: INHA universiteti

"Prezidentimiz qarori bilan tashkil etilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab oldiga qo‘yilgan ulkan maqsadlarga erishish uchun eng muhim vazifalardan biri bu qabul imtihonlarini to‘liq obektiv va shaffof o‘tkazishdir. Shuning uchun bu yilgi birinchi qabul imtihonlari Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi tomonidan o‘tkazildi.

Maktab faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun oldimizda ko‘p vazifalar bor, jumladan, moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash, yuqori saviyali pedagogik kadrlarni o‘quv jarayoniga jalb etish hamda sohamiz oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish. Shu bilan birgalikda, AFIDUMdan o‘tgan mavjud o‘quvchilar kontingentiga ham talab ortib boradi. Faqat o‘qishga intiluvchan o‘quvchilargina ushbu maktabni muvaffaqiyatli bitira oladilar. O‘ziyam o‘qimaydigan va boshqalarga o‘qishga xalaqit qiladiganlar bo‘lsa, ular bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi".

Ko‘proq yangiliklar: