Rossiya chempionati peshqadamlari o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Sport 21:38 / 22.10.2017 3724

Rossiya premer-ligasining 14-turida TsSKA va «Zenit» bellashdi.
Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda g‘olib aniqlanmadi. Bu natijadan so‘ng, «Zenit» 29 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Ammo dushanba kuni «Lokomotiv» o‘z maydonida «Krasnodar»ni mag‘lub etsa, piterliklar bilan tenglashib olishi mumkin bo‘ladi. TsSKA 25 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Rossiya chempionati, 14-tur

TsSKA – Zenit 0:0 

22 oktabr, «TsSKA» stadioni
TsSKA – Akinfeyev, A.Berezutskiy, V.Berezutskiy, Shchennikov, Vasin, Golovin, Kuchayev, Natxo (Gordyushenko, 71), Vernblum, Fernandes, Vitino (Jamaletdinov, 90).
Zenit – Lunev (Lodigin, 46), Mevlya, Krishito, Mammana, Ivanovich, Kuzyayev, Yeroxin, Paredes, Rigoni (Kranevitter, 70), Poloz (Dzyuba, 58), Kokorin.
Ogohlantirishlar: Vasin (5), Fernandes (11), Akinfeyev (11), A.Berezutskiy (30), Mevlya (32), Rigoni (43), Vernblum (65), Dzyuba (66), Paredes (66), Natxo (66).

Ko‘proq yangiliklar: