Qizaloq onasining "Men seni yaxshi ko‘raman" so‘zlarini birinchi marta eshitdi (video)

Jamiyat 15:57 / 22.10.2017 29653

Tug‘ma eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan qizchaning ota-onasi ikki oylik Sharlottaning eshitish apparati yordamida birinchi marta onasining "Men seni yaxshi ko‘raman" so‘zlarini eshitgan videosi bilan bo‘lishdi. 

Rolik deyarli ikki hafta ichida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 15 milliondan ziyod foydalanuvchisi tomonidan tomosha qilindi. 

GoodHousekeeping'da ta'kidlanishicha, qizchaning onasi Kristi videoni bu qadar keng ommaga namoyish etish niyati bo‘lmagan. Biroq qarindoshlari uni bunga ko‘ndirishdi. 

"Mayli, buning yomon tomoni yo‘q-ku, deya o‘ylab qoldim. Uni hamma tomosha qila qolsin", - deydi Kristi.

Yosh ona videorolikning bu qadar mashhur bo‘lib ketishini xayoliga ham keltirmagandi. Hozir Sharlotta yaqinlarining ovozini zavq bilan tinglamoqda, ayniqsa ikki yoshli opasi Kemeronning. 

Ko‘proq yangiliklar: