iPhone X'ning nisbatan arzon versiyasi ishlab chiqariladi

Fan-texnika 23:30 / 22.10.2017 7761

Apple kompaniyasi yangi iPhone X qurilmasining "byudjyet" versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Smartfon qismlarini yetkazib beruvchilaridan birining hujjatlarida yangi model nomi keltirilgan. Yaponiyaning Mac Otakara blogida shu haqida ma'lum qilindi. 

2018 yilning oxirida do‘konlarda sotuvga chiqishi mumkin bo‘lgan model iPhone X'dan atigi 100 dollarga arzon bo‘lishi kutilmoqda. "Yengillashgan" hoshiyasiz smartfon OLED-ekran, shuningdek TrueDepth va Face ID kameralar tizimi bilan jihozlanadi. Biroq uning original iPhone X'dan nimasi bilan ajralib turishi noma'lum. 

Ehtimol, iPhone X'ning nisbatan arzonroq varianti Apple'ga xitoy brendlari bilan raqobatlashish va sotuvlarni oshirish imkonini berar, deya taxmin qilinmoqda manbada. 

Ta'kidlash joizki, payshanba kuni Apple kompaniyasi aksiyalari narxi iPhone 8 smartfonining kutilganidek talabgor bo‘lmagani tufayli pasaydi. iPhone xarid qilishni istaganlarning aksariyati 3 noyabr kuni qator mamlakatlarda sotuvi yo‘lga qo‘yiladigan iPhone X'ni kutmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: