Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi Tbilisi meri etib saylandi

Jamiyat 17:11 / 22.10.2017 8743

Kiyevning «Dinamo» va «Milan» klublari sobiq futbolchisi, «Gruzin orzusi» demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘rsatilgan Kaxa Kaladze Tblisi shahar meri etib saylandi. «​Gruziya Online»​ xabariga ko‘ra, jami ovozlarning 51,06 foizini qo‘lga kiritgan sobiq futbolchi endilikda poytaxt meri sifatida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, saylovda mustaqil nomzod Aleksandr Elisashvili 17,46 foiz bilan ikkinchi pog‘onani egallagan.

Ma'lumot uchun, Kaxa Kaladze 2006 yil Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi etib tan olingan. Futbol bo‘yicha Gruziya terma jamoasi sardori sifatida tanilgan sobiq futbolchi keyinchalik, Chempionlar Ligasi bahsida ikki marta zafar quchgan.

Oxirgi marta u Gruziya energetika vaziri etib tayinlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: