Germaniyada 2017 yilda terrorizmga doir 900 ish qo‘zg‘atildi

Jahon 17:00 / 22.10.2017 4388

Germaniyada 2017 yilning yanvaridan boshlab terrorizm bilan bog‘liq 900 ish qo‘zg‘atildi. Ularning aksariyati - 800ga yaqini islom dini bilan niqoblangan jinoiy ishlar, qolgani esa - chap yoki o‘ng radikal asosga ega. Bu haqida Germaniyaning Die Welt gazetasi mamlakat Bosh prokuraturasiga asoslanib xabar berdi

Shuningdek mamlakatda statistikaning sezilarli darajada oshishi kuzatilgan - 2016 yilda GFRda terroristik faoliyatga doir 250 ish qo‘zg‘atilgan. 

"Adliya organlari islomni niqob qilganlarga jazo belgilash uchun turli huquqiy imkoniyatlarga ega, - dedi Germaniya liberal-demokratik partiyasining rais o‘rinbosari Volfgang Kubikki. - Biroq adliya organlarining juda bandligi sabab bizga ham prokuratura organlarida, ham sudlarda ko‘proq xodimlar talab qilinadi. Agar ekstremistlar Germaniya fuqarosi bo‘lmasa, ularni mamlakatdan deportatsiya qilish majburiy chora bo‘lishi kerak". 

Ko‘proq yangiliklar: