Futbol shiorlari erkakning komadan chiqishiga yordam berdi

Jamiyat 08:35 / 22.10.2017 7008

Britaniyada og‘ir dardga chalingan erkak sevimli futbol jamoasining shiorlarini eshitgach hushiga keldi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda

Nashrning ta'kidlashicha, Plimut shahrida yashovchi Toni Kemp bosh miya qon tomirlari anevrizmini boshdan kechirgan. Shifokorlar 59 yoshli Kempni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq u koma holatiga tushgan. Shifokorlar agar Kemp ikki kun ichida o‘ziga kelmasa, u hayotni ta'minlash tizimidan uzib qo‘yilishini aytishgan.

Foto: SWNS 

"Men va farzandlarim uni hushiga qaytarish uchun u bilan gaplashardik, qo‘llarini siqardik, biroq u qaytishining hech qanday alomati ko‘rinmasdi", deb eslamoqda erkakning rafiqasi Toni Danna.

Ayol deyarli taqdirga tan berib, turmush o‘rtog‘ining sevimli futbol jamoasi "Plimut Argayl"ning shiorlarini unga qo‘yib berishga qaror qilgan. Ne ajabki, erkak shundan keyin o‘ziga kelgan.

Foto: SWNS 

Nashrning ma'lum qilishicha, Toni jamoaning sodiq muxlisi bo‘lgan va u ishtirokidagi barcha uchrashuvlarni bitta ham qoldirmay bevosita maydonda tomosha qilib kelgan.

"Plimut Argayl" klubi Angliya chempionatining birinchi ligasida (Premer-liga va chempionshipdan keyin kuchliligi bo‘yicha 3-liga) ishtirok etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: