Dam olish kuni yo‘l qo‘yiladigan 11 xato

Light 22:33 / 22.10.2017 64440

Barchamiz dam olish kunlarini intizorlik bilan kutamiz. Ularni qanday o‘tkazishimiz bizning naqadar muvaffaqiyatli ekanimizdan dalolat berishi mumkin.

1. Ular reja tuzishmaydi

Dam olish kunlarini daqiqama-daqiqa rejalashtirib bo‘lmaydi, bu kunlari nimalar bilan shug‘ullanmoqchi ekaningizni taxminan tassavvur qilishning o‘zi yetarli. Shunda siz o‘z vaqtingizni tejaysiz va qiziqarli narsalarni o‘tkazib yubormaysiz.

Foto: Layfxaker

2. Ular yaqinlari uchun vaqt topa olishmaydi

Sershovqin hafta davomida do‘stlar va yaqinlar uchun vaqt topish qiyin. Dam olish kunlari bu "bo‘shliq"ni to‘ldirishga harakat qiling.

3. Ular texnologiyalardan dam olishmaydi

Telefonni chetga suring, ishchi pochtangizdan chiqing. Hamkasblaringizga dam olish kunlari pochtaga javob bermasligingizni oldindan aytib qo‘ying.

Foto: Layfxaker

4. Ular dam olish kunlaridan zavq olishmaydi

Qanday reja qilmang, u xoh uyda dam olish, xoh do‘stlar davrasida bo‘lsin, o‘zingizga zavq bag‘ishlaydigan ishlar bilan shug‘ullaning.

5. Ular ko‘p uxlashadi

Hafta davomida charchagan bo‘lishingiz mumkin. Biroq qanday bo‘lmasin, dam olish kunlarini faqat uxlash bilan o‘tkazish uyqu rejimini buzadi va kelayotgan haftada o‘zingizni yomon his qilishingizga sabab bo‘ladi. 

Foto: Layfxaker

6. Ular ko‘p pul sarflashadi

Albatta, ba'zan odam o‘zini o‘zi xursand qilgisi keladi. Biroq agar ish kunlari o‘zingizni cheklab, dam olish kunlari har nimaga pul sarflayversangiz, pul tejay olmaysiz, zavq ham olmaysiz. Ko‘ngil yozishning nisbatan arzonroq yo‘llarini izlang, uyda biror nima bilan shug‘ullaning yoki bepul tadbirga boring.

7. Ular fikr yuritishmaydi

Ish kunlari hayot va maqsadlar haqida fikr yuritishga vaqt bo‘lmaydi. Dam olish kunlari shunga vaqt ajrating.

8. Ular doim ish haqida o‘ylashadi

Juma kuni kechqurun kelasi dushanbaga ish rejasini tayyorlab qo‘ying, shanba va yakshanba kunlari esa ish haqida o‘ylamang.

9. Ular bekor o‘tirishadi va keyin afsuslanishadi

Og‘ir ish haftasidan keyin shunchaki bo‘shashib, dam olish istagi tug‘iladi. Biroq agar bekorchilik zeriktirib yuborsa yoki shu tufayli muhim ishlarni qo‘yib yuborayotgan bo‘lsangiz, dam olish kunlarga yondashuvingizni qayta ko‘rib chiqing.

10. Ular dam olishmaydi

Dam olish kunlari umuman dam olinmasa, yangi ish haftasiga istamaygina kirishasiz va ko‘zlangan maqsadlaringizga yetisha olmaysiz.

Foto: Layfxaker

11. Ular yangi haftaga tayyorlanishmaydi

Yakshanba kuni kechqurun kelgusi hafta haqida o‘ylash mumkin: ishlar ro‘yxatini tuzing, taqvimingizga qarang, yaqin kunlarda nimaga erishmoqchi ekaningiz borasida bir qarorga keling. Muvaffaqiyat garovi shundadir.

Ko‘proq yangiliklar: