Bundan buyon Xitoyda har yili 15 million yangi ishchi o‘rni yaratilishi lozim

Jahon 14:00 / 22.10.2017 9464

Xitoy Ishchi kuchi va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Yin Vaymin mamlakatda har yili yangi 15 million ishchi o‘rni yaratilishi lozimligini ta'kidladi.

Uning aytishicha, tez orada oliy ta'lim muassasalarini bitirib jamiyatga yangi qadam qo‘yib kelayotgan yosh kadrlarni ish bilan muntazam ta'minlash uchun ana shuncha yangi ishchi o‘rni zarur bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, vazir Vaymin «​mamlakatda yaratilgan mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi har yili yangi ishchi o‘rnini yaratishga bo‘lgan talabni bemalol qoplay oladi»​, deb o‘ylaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy kommunistlari XIX-XKP Kongeressida, Xitoyni 2030 yilga qadar «sun'iy ong» sohasida dunyoning eng ilg‘or mamlakatiga aylantirish bo‘yicha davlat dasturini qabul qildi.

Ko‘proq yangiliklar: