Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi

Jamiyat 17:55 / 22.10.2017 5730

Me'mor Kris Seymor-Smit qadimiy qarorgohni yilning uchdan ikki qismida o‘zini o‘zi elektr energiyasi bilan ta'minlaydigan o‘ta zamonaviy ekologik toza uyga aylantirdi. New Atlas shu haqida xabar berdi

Hill Barn — Kotsuolds (Angliya) qishlog‘i markazida joylashgan tepalikdagi 300 yillik toshdan qurilgan bino. Uzoq vaqt mobaynida hech kimga bu binoni qayta loyihalashtirish va modernizatsiyalashga ruxsat berilmas edi, hatto Duran Duran guruhi zarb musiqachisiga ham ruxsat berilmadi. 

Oxir-oqibat me'mor Kris Seymor-Smit bir yilda to‘rt tarixiy binoni qayta qurishga ruxsat beruvchi davlat dasturini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy sharti - barcha o‘zgarishlar binoni haqiqatda ajoyib  ko‘chmas mulkka aylantirish. 

Shuning uchun uy to‘liq zamonaviy ekologik standartlarga muvofiq qayta qurildi. Uyning janubiy devorida quyosh panellari joylashgan, shuning uchun mart oyidan oktabrgacha uy o‘zini o‘zi elektr energiyasi va issiq suv bilan ta'minlaydi. Qishda, quyosh kam paytda uyda o‘choqli suv isitgichdan foydalanishadi. U uy termal tizimining bir qismi hisoblanadi.

Uy havosi issiqni rekuperatsiya qiluvchi tizim yordamida filtrlanadi. Iqlim nazorati tizimi yilning har qanday mavsumida 20-21 daraja iliq havoni ushlab turadi, hatto kuchli sovuqlarda ham. Tosh devorlar issiqni tortib olmasligi uchun Seymor bino bo‘ylab issiqlik izolyatsiyasini o‘rnatgan. 

Uy BBC'ning Buyuk Britaniyadagi bazasi yaqinida joylashgan, tovush izolyatsiyasi tizimi shu qadar takomillashganki, uy egalari hatto og‘ir harbiy-transport samolyoti uchib o‘tsa ham eshitishmaydi. 

Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects

 

Ko‘proq yangiliklar: