Alisher Usmonovning qarz o‘rniga undirilgan sobiq yaxtasi sotildi

Jahon 23:13 / 22.10.2017 62937

AQShning Goldman Sachs banki avgustda neft magnati Uilyam Kallopdan qarzi uchun tortib olingan Natita yaxtasiga xaridor topdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda. Avval bu yaxta rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan. 

Nashr xaridor ismini keltirmay, faqatgina u Maltada yashashini ma'lum qilgan. Bank xaridorga anchagina chegirma bergan: 60 mln dollar turgan yaxta 27,5 mln dollarga sotilgan. Biroq bu Kallopning bank oldidagi barcha qarzini qoplaydi. Bu qarz esa 28 mln dollarni tashkil qiladi. Bank shuningdek yaxtani saqlash uchun 438 ming dollar miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Natita kruiz yaxtasi 2006 yil Niderlandiyada Oceanco firmasi tomondan barpo etilgan. Yaxta uzunligi 66 metrni, eni 12,12 metrni tashkil qiladi. U 12 kishiga mo‘ljallangan. Usmonov an'anaga ko‘ra, yaxtani onasi ismi bilan atagan. Shu tariqa Dilbar nomini olgan yaxta keyinchalik Natita deb qayta nomlangan. 

Kallop bu yaxtani Usmonovdan 59,9 mln dollarga xarid qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: