AQShdagi mehmonxonada yuz bergan portlash oqibatida 5 kishi jarohat oldi

Jahon 09:02 / 22.10.2017 5270

AQShning Mansfild shahridagi (Konnektikut shtati) mehmonxonalardan birida 21 oktabrda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 5 kishi jarohat oldi. Bu haqda NBC telekompaniyasi ma'lum qildi.  

Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlardan biri shifoxonaga havo transporti bilan yetkazilgan. Hukumatning ma'lum qilishicha, jabrlanuvchilar olgan jarohatlar ularning hayotiga xavf solmaydi.  

Ayni vaqtda portlashga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: