«7 KUN»: Ramzan Qodirovning tashrifi, tugatilayotgan propan «zapravka»lar, o‘zgartirilgan to‘lov-kontrakt shartlari - KUN.UZ muhokamasida

O‘zbekiston 13:37 / 22.10.2017 41863

KUN.UZ sayti jurnalistlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e'tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining navbatdagi soni ham an'anaviy tarzda erkin muhokama va fikrlar bilan e'tiboringizga havola etilmoqda.

Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri —Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga tashrifi bo‘ldi. 

•    Ramzan Qodirovni Prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Suhbat asnosida Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevni Chechenistonga taklif qildi. U Toshkent, Samarqand va Buxoroni ziyorat qildi.

Hafta davomida ro‘y bergan eng muhim yangiliklardan biri propan gaz qo‘yish shoxobchalari qisqartirilishi va keskin kamayishi bo‘ldi.

•    Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, xalq tili bilan aytganda «propan YoQSh»lar sekin-asta tugatilib, ular avtomobil gaz ballonlarini metan gaz bilan to‘ldiruvchi AGTKSlarga aylantiriladi. «O‘zbekneftegaz» AJning tushuntirish berishicha, aholining suyultirilgan gaz (propan)ga bo‘lgan talablarini qanoatlantirish yanada dolzarb bo‘lmoqda, binobarin, avtotransport vositalari tomonidan foydalanilayotgan suyultirilgan gaz hajmlarini bekor qilib, ularni bosqichma-bosqich siqilgan gaz (metan)ga o‘tkazishni taqazo etmoqda.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda parlamentda hukmron Qirg‘iziston soltsial-demokratik partiyasi vakili, amaldagi preziden Almazbek Atamboyevning siyosiy vorisi Sooronbek Jeenbekov birinchi turdayoq g‘alaba qozondi

•    Jeenbekovning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Qirg‘izistondagi saylovlar faqat xalq davlatning taqdirini hal qilishini butun dunyoga ko‘rsatdi. «Bugun Qirg‘iziston dunyoga demokratik suveren davlat ekanimizni ko‘rsatdi», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Shuningdek, ko‘rsatuvda quyidagi mavzular muhokama qilingan:

•    Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
•    Maktabgacha ta'lim vazirligiga ayol kishi vazir etib tayinlandi.
•    Keyingi yildan oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari 15 kun davomida o‘tkazilishi kutilmoqda
•    Talabalar uchun kontrakt to‘lash qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
•    O‘zbekistonda endi rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat bir korxonada qayta ishlanadigan bo‘ldi
•    Qonunchilikda juda muhim o‘zgarish ro‘y berdi: mol-mulkni musodara qilishga aloqador o‘zgartirishlar kuchga kirdi
•    Tabiat injiqliklari: hafta ichida O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli dovul yuz berdi
•    2022 yildan boshlab, qarovsiz tomorqa yerlari davlat hisobiga o‘tkaziladi, obodonlashtirilmagan tomorqalarga soliq oshiriladi
•    2018 yilda Toshkent va Xiva yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdi bilan bog‘lanadi. Pop — Namangan — Andijon temir yo‘li to‘rt yil ichida to‘liq elektrlashtirilishi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.

Dasturda odatdagidek, «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni», «Hafta antiqahramoni», «Hafta topilmasi», «Hafta tayinlovlari» ruknlari bo‘yicha fikr yuritilgan. Ko‘rsatuv so‘ngida har doimgidek, qisqacha futbol xabarlariga o‘rin ajratilgan.

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: