O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq «yulduzi» xalq kutubxonasiga asos soldi

Jamiyat 15:39 / 21.10.2017 23813

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida istiqomat qiluvchi hunarmand Dilshod Boltaboyev ish joyining o‘zida mo‘'jaz kutubxona yaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum taxallusida ijod qiluvchi pechkachi hazilomuz gaplari va qochirimli so‘zlari bilan barchaga yaxshi tanish.

U o‘zining sahifasi orqali bozor hududida, ya'ni ish joyida xalq kutubxonasini tashkil qilishini, xayrli tadbirga qo‘shilishni istaganlar unga bosma nashrlarni yuborib, xalq kutubxonasini boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini bildirgandi. Oradan uzoq vaqt o‘tmasdan, u 300dan ortiq kitobni jamlagan "Roshidoniy” nomidagi xalq kutubxonasini ochganini ma'lum qildi.

Foto: Dilshod Boltaboyev

Ijtimoiy tarmoqda boshlangan tadbir amaliy jihatdan chiroyli yechimga ega bo‘ldi, deb aytilsa bo‘ladi. “Roshidoniy” xalq kutubxonasiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: 

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Miskin MFY, Ehtirom ko‘chasi, 23 uy.

Indeks: 150300. Dilshod Boltaboyevga.

Telefon (Telegram): +998905603300.

Ko‘proq yangiliklar: