Shimoliy Koreya yadroviy sinovlaridan maqsad nimaligini ma'lum qildi

Jahon 07:19 / 21.10.2017 20302

Shimoliy Koreya AQShdan o‘zini himoya qilish maqsadida yadroviy sinovlar o‘tkazishni davom ettiraveradi. Bu haqda 20 oktabrda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi vakili, vazirlikning Amerika bo‘yicha tadqiqotlar instituti xodimi Nam Xek Zen aytib o‘tdi.

 "Shimoliy Koreya yadroviy qurol ishlab chiqish bu to‘g‘ri qaror ekanligiga yana va yana amin bo‘lmoqda. Biz sinovlarni o‘tkazish istagimizni AQSh tomondan yadroviy xavfni yo‘qqa chiqarish uchun kuchaytiraveramiz", deb aytgan Nam Xek Zen Moskvada yadroviy qurolni tarqatmaslikka bag‘ishlangan anjumanda.

Shu bilan birga diplomat Shimoliy Koreyaning barcha kuchlari faqat mudofaaga qaratilganini ta'kidlab o‘tdi.

"Bizning kuchlar mudofaaga qaratilgan va biz xalqaro munosabatlar tamoyillariga qarshi kayfiyatdamasmiz. Shu sababli bizning sinovlar tanqid qilinishi kerak emas", deb qo‘shimcha qilgan Shimoliy Koreya diplomati

Ko‘proq yangiliklar: