Sharof Rashidov nomidagi mahalla guzari qachon quriladi?

Jamiyat 10:40 / 21.10.2017 15008

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab atoqli davlat arbobi, shoir Sharof Rashidovning 100 yilllik tavalludi keng miqyosda nishonlanmoqda. Xususan, Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi Sharof Rashidov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida ham yubileyga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shuni aytish kerakki, Sharof Rashidov tavalludining 100 yillik to‘yi  arafasida mahallada Prezident farmoniga asosan Sharof Rashidov nomidagi zamonaviy mahalla guzari bunyod etilishi mahalla ahli uchun chinakam quvonchli xabar bo‘lgan edi. Biroq, mahalla guzari qurilmadi.  

Yodingizda bo‘lsa, Mirobod tumanida Sharof Rashidov mahalla fuqarolar yig‘inida zamonaviy mahalla guzari qurilishi borasida aholi noroziigini haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, mazkur qurilish bo‘yicha maxsus komissiiya tuzilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar aniqlangan. Komissiya qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatgan va mazkur zamonaviy mahallal guzarini qaytadan loyihalashga yo‘naltirgan edi. Rejaga ko‘ra esa mazkur zamonaviy mahalla guzari Sharof Rashidovning 100 yillik tavalludi arafasida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Biz mazkur zamonaviy mahalla guzari bilan qiziqdik. 

Sharof rashidov MFY raisi Sevara Asomova:

— Ushbu mahalla markazi qurilishi boshlanishi bilan mahalla kengashi a'zolari bilan doimo yig‘ilib turibmiz. Bu borada Kengashning qarori ham bor. Mahallamizda guzar atrofida istiqomat qiluvchilar o‘zlari Prezidentimiz nomiga tashakkurnoma ham bitib, imzolab berishgan. Hozir mahalla guzari qaytadan loyihalashtirildi. Endi buni qurish buyog‘i bizning qo‘limizda emas. Hokimiyat arboblari nimani lozim topishsa, shu bo‘ladi. Mahalla guzarini qo‘rish uchun (“Order Maks projyekt» MChJ) bolalari tinim bilmay ishlayotgandi, ba'zi bir yashovchilarga bu qurilishlar yoqmadi va to‘xtatildi. Xaldq ham nega qurilish to‘xtatildi deb menga savol bermoqda. Men bu savolga javob bera olmayman. Bizda mavjud arxitektura va qurilish ishlariga mas'ul idoralar bor, ularning xulosasi kutib turilibdi.

Mahalla raisi so‘zlarini esa mahallaning nuroniy keksalaridan iborat kengash vakillari ham tasdiqlashdi.

Shundan so‘ng, mazkur mahalla guzarini bunyod etishga mas'ul bo‘lgan «Order Maks projyekt» Masuliyat cheklangan jamiyati bilan bog‘landik. Uning rahbari Shoaziz Shomahmudov bilan guzar loyihasi haqida suhbatlashdik. 

— Darhaqiqat, bu mahalla guzarini loyihalashtirib, qurib, oktabr oyida Sh.Rashidovning yubileylari keng nishonlanadigan sanagacha binoni taxt qilib topshirish vazifasini olgan edik. Ma'lum bir sabablarga ko‘ra, dastlabki loyihamizda ayrim kachiliklar va aholidan kelib tushayotgan ayrim e'tirozlar sababli qurilish ishlari Mirobod tuman hokimligi tomonidan tuzilgan komissiya xulosasiga ko‘ra iyul oyining boshlarida to‘xtatildi. Keyin boshqa loyiha ishlab chiqdik. Aholining e'tirozlarini inobatga olib, alleya, bolalar maydonchasi va avtoturargoh joylashtirdik.

Darhaqiqat, aholi e'tirozlari inobatga olindi. Kamchiliklar bartaraf etildi. Loyiha qaytadan shakllantirildi. Qurilish ishlariga ruxsat berish bilan bog‘liq barcha tashkilotlar va mutaxasisslar ijobiy xulosa berdi. Faqat “Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi tomonidan ruxsat berilmayapti. 

Biz “Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi bosh muxandisi Sharofat  Yuldashevaga qo‘ng‘iroq qildik. Biroq Sharofat Yuldasheva telefon orqali axborot bermasligi aytdi. 

Endi maslaga xolis yondashib ko‘rsak, 2009 yilda tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalarining 21 band 1 qismida: “Turar-joy binolari, turar-joy va jamoat, shuningdek sanoat binolari o‘rtasidagi masofa-lar quyosh nurining tushishi (inso-lyatsiya) va yoritilganlikni hisob-lashlar asosida, asosiy turar-joy binolari va xonadonlari yonidagi hovlilarning ko‘rinishi chegaralari, shuningdek yong‘inga qarshi talablarga muvofiq tarzda qabul qilinishi zarurligi qayd etilgan.

“Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi loyihaga ayni ushbu bandga asoslanib e'tiroz bildirmoqda. “Order Max Project” MChJ esa   “Zamonaviy maxalla guzari” – loyihasida oraliq masofalar quyosh nurini tushishi (insolyatsiya) va yong‘inga qarshi talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqib, vakolatli tashkilotlardan xulosalar olgan. Biroq mazkur xulosalarni “Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi yoqlamayapti. 

Umid qilamizki, masala ijobiy yechim topib, tez orada zamonaviy mahalla guzarining tarovatidan farzandlarimiz, ota - onalarimiz bahramand bo‘lishadi.

Ko‘proq yangiliklar: