«Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida ishtirok etadigan kompaniyalar soni 130taga yetdi

O‘zbekiston 16:38 / 21.10.2017 8572

«O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasining markaziy pavilonlarida joriy yilning 7-9 noyabr kunlari «Made in Uzbekistan» (“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”) deb nomlangan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy yutuqlarini namoyon qiluvchi, barcha sanoat yo‘nalishlaridagi yuqori sifatli va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirokida ko‘rgazma bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ushbu ko‘rgazma-yarmarkada mahalliy sanoat korxonalarining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi, shu jumladan, tashrif buyuruvchilar respublikamizning ilmiy-sanoat yo‘nalishidagi barcha yutuqlari va namoyon qilingan innovatsion loyihalar haqida ma'lumot olishlari mumkin buladi.

Shuningdek, Yurtboshimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini eksport faoliyatiga jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlari va o‘z o‘rnida ushbu o‘tkaziladigan ko‘rgazma-yarmarka tadbirkorlarning chet el bozorlariga chiqishiga, xorijiy hamkorlar topishida imkoniyatlar yaratadi. 

Bundan tashqari, ko‘rgazma mehmonlari mamlakatimizning erkin iqtisodiy va maxsus iqtisodiy zonalari, texnoparklar, yengil sanoat, farmatsevtika, oziq-ovqat, charm, qurilish mahsulotlari, kimyo sanoati, xalq iste'mol mollari, avtomobilsozlik sanoati, yo‘l transport infratuzilmasi, elektrotexnika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, agrosanoat sohalarida erishilgan yutuqlar va yangi turdagi ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, ta'lim va barcha turdagi xizmatlar ham keng ko‘lamda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Yirik xorijiy kompaniya vakillari kelishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda ishtirokchi kompaniyalar 130 dan ortiq ishtirok etishini tasdiqladi.

O‘zbekiston Respublikasi iktisodiyoti yutuklari

"Made in Uzbekistan" ko‘rgazma-yarmarkasiga xush kelibsiz!

Batafsil ma'lumot uchun telefon raqamlari: +(99871) 238-56-11,/40/19/10/00.

Sayt: www.uzexpocentre.uz

Email: info@uzexpocentre.uz

Ko‘proq yangiliklar: