BMT va Agrar universiteti asalarichilik bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazdi

O‘zbekiston 12:20 / 21.10.2017 7482

2017 yilning 16 oktabr kuni respublika prezidenti tomonidan “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroridan kelib chiqqan holda asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan shakllantirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorey etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni respublikaning barcha xududlarida tadbiq etish maqsadida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasissaddi xodimlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati, universitet TIJ mutaxassis fakultet mutassaddi xodimlari hamkorligida “Asalarichilik sohasini rivojlantirishda jahon tajribasining o‘rni” nomli IV-ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar o‘zara hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib unda BMT tashkiloti, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) halqaro eksperti Muxsin Dogar Uglu ma'ruzachi sifatida tashrif buyurdi. Halqaro ekspert Muxsin Dogar Uglu seminarga tashri buyurgan asalarichilik soha mutaxassisi bo‘lgan b.x.f.d. prof. A.I. Isomuxamedov, xususiy tadbirkorlar T.T.Nishonov, T.E.Toshevlar hamda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli magistrant va talabalariga asalarichilik sohasi buyicha eng sungi yangilik va o‘z tajribalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ma'lumki toshkent davlat agrar universiteti Zootexniya va baliqchilik fakulteti qoshida Baliqchilik, parrandachilik va asalarichilik kafedrasi ochilgan bo‘lib ushbu kafedra qoshida esa “Yosh asalarichi” ilmiy to‘garagi xam faoliyat yuritmoqda. Tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar esa o‘z navbatida yosh bo‘lg‘usi soha mutaxassislarining ilmiy ko‘nikmalarini oshirishda katta axamiyatga ega. 

Ko‘proq yangiliklar: