Afg‘onistondagi teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 ga yaqinlashdi

Jahon 07:07 / 21.10.2017 6785

Afg‘onistonning turli qismidagi masjidlarda sodir etilgan ikkita portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 kishigacha ko‘paydi, 55 kishi yaralangan. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda mahalliy 1TV telekanali xabar bermoqda.

Avvalroq Kobulda amalga oshirilgan teraktda 30 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi yaralangani, Gur viloyatidagi portlashda esa 10 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.

Birinchi teraktda xudkush o‘zini Kobul g‘arbida joylashgan imom Zamon masjidida portlatgan. Guvohlarning so‘zlashicha, portlashdan keyin otishma kechgan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar va ayollar bor. IShID ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Keyinroq yana bir xudkush Gurdagi masjidda o‘zini portlatgan.

Ko‘proq yangiliklar: