O‘zbekiston yana bir xalqaro komissiyaga a'zo bo‘ldi

O‘zbekiston 10:30 / 20.10.2017 13006

O‘zbekiston xalqaro ipakchilik komissiyasiga a'zo bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Bu komissiya Birlashgan Millatlar Tashkilotida ro‘yxatga olingan tuzilma bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqaro ko‘lamda ipakchilik va ipak sanoatini rivojlantirishga qaratilgan.

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi Bahrom Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, unga a'zo bo‘lish, eng avvalo, sohada yuz berayotgan so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni ta'minlaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda ipakni qayta ishlash va uning eksportini kengaytirishda qo‘l keladi.

Ko‘proq yangiliklar: