O‘xshamadi! Mozambiklik talaba «yashirincha» Putinning suratini olishga urindi

Jahon 16:15 / 20.10.2017 40557

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sochidagi festival ishtirokchilari bilan rejalashtirilmagan uchrashuvi paytida talabalardan biri RF yetakchisini sezdirmay suratga olishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq u buni uddalay olmadi. Uchrashuv kechki payt bo‘lib o‘tgan, lekin Mozambikdan bo‘lgan talaba telefonidagi yoqilgan chaqnash (maxsus chiroq)ni unutgan.

Life Shot telegram-kanalida e'lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, u o‘z xatosini tushunib yetgach, tezda yon-atrofiga qaray boshlagan. Aftidan, talaba kimdir uning «uddalanmagan missiyasi»ga guvoh bo‘lgani yoki bo‘lmaganini bilmoqchi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: