Toshkent viloyatida qurilish mollari sohasida 1 mlrd. dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston 11:05 / 20.10.2017 10569

Toshkent viloyatida 2020 yil oxirigacha umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan qurilish materiallari sohasida 21 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hukumati «2018-2020 yillarda Toshkent viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish Manzilli dasturini amalga oshirish, shuningdek, Bekobod shahrida madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Hukumat 2020 yilgacha Toshkent viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 519 million dollardan oshadi.

Xususan, Rossiyaning «Yevrosement grup» kompaniyasi quvvati yiliga 2,4 mln. tonna bo‘lgan «quruq usul»da sement ishlab chiqarishni tashkil etishga 220 mln. dollar sarmoya kiritadi.

Xitoyning Xin Lei kompaniyasi Ohangaron tumanida sement zavodi quradi. Loyihaning qiymati yiliga 108 mln. dollarni tashkil etadi va zavod quvvati yiliga 1 mln. tonna sementga teng bo‘ladi.

«Ohangaronshifer» bazasida esa yiliga 1 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yana bir zavod quriladi. Loyihaning qiymati 100 million dollarni tashkil etadi.

Dastur doirasida «Parkent» EIZda turli materiallardan zamonaviy gulqog‘ozlar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar tashkil etiladi, uning qiymati 8 million dollarga teng bo‘ladi. Zavod quvvati yiliga 3 mln. o‘ramni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: