Tashkent City​ xalqaro biznes markazi turk me'morlarining loyihasi asosida quriladi

O‘zbekiston 23:37 / 20.10.2017 24748

Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan Xalqaro Biznes markaz loyihasining me'morchilik ishlanmalarini tayyorlash uchun Turkiya, Singapur mamlakati hamda mahalliy kompaniya me'morlarning fikri inobatga olinmoqda. Kuni kecha Turkiyaning Tabanlıoğlu Architects​ kompaniyasi va “Tashkent City” DUK vakillari uchrashuvi tashkil etilgan bo‘lib, unda loyiha namunalari muhokama etildi.

“Tashkent City​” DUKning ma'lumotiga ko‘ra, hozirgacha XBMning 8 turdagi loyiha namunasi Respublikasi rahbariga taqdim etilgandi. Ulardan aynan Tabanlıoğlu Architects​ kompaniyasiga tegishli loyiha Tashkent City​ qurilish loyihasi sifatida tasdiqlangan.

Ayni paytda turk me'morlari bilan loyiha ishini boshlash va qurilishning ilk bosqichini tahlil qilishga doir masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Tashkent City
Foto: Tashkent City
Ko‘proq yangiliklar: