ShHTga a'zo davlatlar milliy koordinatorlari majlisi bo‘lib o‘tdi

Jahon 16:35 / 20.10.2017 4747

2017 yilning 17-20 oktabr kunlari Pekin shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan tashkilot faoliyatining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, jumladan Hukumat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi va boshqa tadbirlarga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni 20 oktabr kuni Toshkent shahrida Adliya vazirlari yig‘ilishi va 25-27 oktabr kunlari ShHTga a'zo davlatlarning Oliy sud raislari majlisi o‘tkazilishi to‘g‘risida majlis ishtirokchilariga ma'lumot berdi.

Milliy koordinatorlar ShHT kun tartibining boshqa masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

Ko‘proq yangiliklar: