Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi ikkita yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda jabrlandi

Jahon 14:30 / 20.10.2017 12708

Moskva viloyatining Novopetrovskoye qishlog‘i yaqinida ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, bir inson halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar qilmoqda.

YTH 20 oktabr tungi soat 2:00lar atrofida yuz bergan, deya aytib o‘tdi Moskva viloyati yo‘l-patrul xizmati 11-bataloni komandiri Roman Zmeyevskiy.

- Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 20 oktabr soat taxminan 01:40lar atrofida «Volokolamskoye shosse» avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, Novopetrovskoye yaqinida ikkita yuk mashinasi – DAF va KamAZ to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida DAF avtomobili yo‘lovchisi, Kaluga viloyatida yashovchi 60 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. KamAZ haydovchisi, O‘zbekistonning 41 yoshli fuqarosi esa shifoxonaga olib ketildi.

Shuningdek, Roman Zmeyevskiyning aniqlik kiritishicha, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov ishlari boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: